Kalibr
Kalibr (Arab, kalibr — shakl) — 1) mashinasozlikda shkalasiz o’lchov asbobi; uning yordamida buyumlarning o’lchamlari, shakli yoki o’zaro joylashi- shi o’lchanadi. Bikr va kerakli o’lchamga o’rnatilgan normal (nominal o’lchamlar tekshiriladigan); chegaraviy (eng kat- ta va eng kichik o’lchamlar tekshirila- digan), bir va ikki tomonli xillarga bo’linadi. Ikki tomonlama chegaraviy teshiklarni tekshiradigan probkalar va tsilindrik detallarni tekshiradigan K.-asboblar eng keng tarqalgan; 2) Pro- kat ishlab chiqarishda — tutashuvchi ikki prokat valik orasida kesib olib hosil qilingan tirqish; undan kerakli o’lcham va shakl berish uchun qisiladigan metal o’tkaziladi. Har bir Profil uchun va- liklarda bir necha K. qilinadi. To’g’ri to’rtburchak yoki dumaloq zagotovkalar shu K.lardan birin-ketin o’tkazilganda zarur shaklni oladi. Plastikligi kam bo’lgan po’latlarni kalibrlash uchun ular qizdirib cho’ziladi; 3)o’q otuvchi qurollarda stvoli hamda snaryad (mina, o’q)ning diametri; qurolning kuchini aniqlovchi asosiy qiymatlardan biri. O’q otuvchi kurollarning K.i chiziqli birliklarda: dyuymlar, liniyalar (0,1 dyuym), millimetrlarda o’lchanadi. Ar- tilleriyada K. stvol uzunligining ka- nal diametriga nisbati b-n o’lchashda ham qo’llaniladi. K. silliq stvolli qurollarda ichki diametri, o’yilgan stvolli qurollarda qarama-qarshi o’yiqlarning oralig’i bo’yicha, snaryad- da ko’ndalang kesim bo’yicha aniqlanadi. Silliq stvolli ov miltiqlarida esa K. stvol kanaliga qator joylashtirilgan, og’irligi 400 g bo’lgan yumaloq qo’rg’oshin o’qlar soniga qarab aniqlanadi.