Kaliy
Kaliy (Arab, al-kali — potash; lot. Kalium), K. — Mendeleev davriy siste- masining I guruhiga mansub kimyoviy element. Ishqoriy metall, tartib raqami 19, at.m. 39,0983. Ikkita barqaror izotop – 3″K(93,259%), 4|K(6,729%), shuningdek, radioaktiv izotop 40K(T|/2= 1,32 – 10″ y.)dan iborat. Ingliz fizigi va kimyoga – ri g. Devi 1807 y.da K. gidroksid (kon) ni elektroliz qilib, K. metalini oldi va uni potassiy deb atadi. 1809 y.dan u «kaliy» deb atala boshladi. K. kimyoviy jihatdan faol metall, tabiatda sof holda uchramaydi. Minerallar (mas, dala shpati, slyuda, silvinit, karnallit, Kai- nit, alunit va b.) tarkibida uchraydi. K. inson va hayvon organizmi uchun muhim biogen elementlardan hisoblanadi. K. tabiatda keng tarqalgan, er po’stidagi miqdori og’irlik jihatidan 2,41%. Suyuqlanish t-rasi 63,51°, qaynash t-rasi 76G, zichligi 862,9 kg/m3. Birikmalar- da bir valentli, atom radiusi 0,2313 nm, ion radiusi (qavsda koordinasion son keltirilgan) K+ 0,151 nm (4), 0,152 nm (6), 0,160 nm (7), 0,165 nm ( 0, 0,178 nm (12). Kumush kabi oq, yumshoq, engil metall. K.ni presslash, pichoq b-n ke- sish mumkin. Havoda tez oksidlanadi (qizdirilganda yonadi); shuning uchun K. kerosin, benzin yoki mineral moy- da saqlanadi. Suv b-n reaktsiyaga kiri- shib, K. gidroksid (kon), vodorod b-n birikib, K. gidrid (kn), metallar b-n intermetall birikmalar (mas, Na2K) hosil qiladi. Sanoatda K. Kon yoki KCI ga Na metali ta’sir ettirish usuli b-n olinadi. Suyultirilgan kon yoki KS1 dan elektroliz usuli b-n ham K. olish mumkin. K. birikmalari fotoelement- lar tayyorlashda, sintetik kauchuk, shisha, sovun va b. i.ch.da, o’g’it sanoatida, yadro texnikasida, tibbiyotda ishlatiladi. Kaliy birikmalari. Kaliy gidroksid (uyuvchi kaliy), kon — rangsiz kristall modda, kuchli ishkrr. Suyuqlanish t-rasi 380°, qaynash t-rasi 1325°, zichligi 2,044 g/sm3. Gigroskopik modda. Suvda eruv- chanligi 49,4% (0° da), etanolda 27,9% (28° da), metanolda 35,5% (28° da). K.g. kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Suyuq sovun va kaliy- ning boshqa birikmalarini olishda, ishqoriy akkumulyatorlarda, H2S, SO2 va SO2 ga adsorbent, NH3 N2O, RN3 va b. uchun qurituvchi sifatida qo’llaniladi. Kaliy oksid, K2O — rangsiz Kristal- lar. Suyuklanish t-rasi 740°; zichligi 2,32 g/sm3. Havoda SO2 ni yutib K2SO3 ga aylanadi. Suv b-n shiddatli reak- tsiyaga kirishib, kon hosil qiladi. Spirt va efir b-n ta’sirlashadi. K.o. kaliyga kon, K2O2, KNO2 yoki KNO3 ta’sir etgirib olinadi. K N O 2 + 3 K = 2 K 2 O + 1 / 2 N 2 ; 3 K N 3 + K N O 2 = 2 K 2 O + 5 N 2 K.o. — maxsus shishalar kompo- nenti, NH3 sintezida faollov- chi modda sifatida qo’llaniladi. Kaliy xlorat, Bertolle tuzi, KS1O3 — xlorat kislota (NSYU3)ning kaliyli tuzi. Rangsiz kristall modda, zichligi 2,32 g/sm3, suyuqlanish t-rasi 356°. Suv- da oz eriydi. Qizdirilganda parchalana- Di va kislorod ajralib chiqadi. Organik moddalar va fosfor ta’sirida port- laydi. Zaharli. Gugurt sanoatida, pi- rotexnikada va tibbiyotda ishlatiladi. Kaliy tsianid, KCN — rangsiz kri- Stall modda. Suyuqlanish t-rasi 634,5°; zichligi 1,56 g/sm3. Suv, gliserin, formalin, metanol va suyuq ammiakda eriydi. Etanolda yomon eriydi, ugle- vodorodlarda erimaydi. Kon ta’sir ettirib olinadi. Ma’danlardan ol- tin va Kumushni ajratib olishda, ana- litik kimyoda kumush, nikel va simob miqdorini aniqlashda, platinani ku- mushdan ajratib olishda ham galvanic usulda oltin va kumush yugurtirishda qo’llaniladi. O’ta zaharli, nafas yo’llari to’qimalarini falaj qilib qo’yishi natijasida odam va hayvonlarning bo’g’ilib qolishiga olib keladi. Stalina Qosimova.