Kaliyli o’g’itlar
Kaliyli o’g’itlar – tarkibi- da o’simliklar oson o’zlashtiradigan shaklda kaliy elementi bo’lgan mineral moddalar; suvda eruvchan xlorid, sul- Fat va karbonat kislotalarning Tuzla- ri. Tarkibida kaliyli tuzlar bo’lgan tog’jinslari K.o’. olinadigan xom ashyo. K.o’. kontsentrlangan K.o’., aralash K.o’. va xom kaliy tuzlariga bo’linadi. Kon- tsentrlangan K.o’.ga kaliy xlorid (55,2- 59,7% K2O), kaliy sulfat (44— 52% K2O), kaliyli selitra (44% K2O) ki- radi. Aralash K.o’. xom kaliy tuzlariga kontsentrlangan K.o’. qo’shib tayyorlanadi: 30-40% li kaliy tuzlari kaliy xlorid- ning silvinit yoki kainit b-n mexanik aralashmasidan iborat; kaliy-magniy- li kontsentrat; kaliy-magniy sulfat yoki kalimagneziya; yog’och, torf va b. kuli. Xom kaliy tuzlari — maydalangan ta- biiy minerallar (silvinit va kainit). K.o’. sifatida tarkibida kaliyli tuz- lar bor alyuminiy va tsement sano- ati chiqindilari (potash) ham ish- latiladi. Tsement changi va potash muhiti ishqorli. Kul, ayniqsa, nordon tuproqpar uchun a’lo darajadagi K.o’. xisoblanadi, u tuproqning zararli kis- lotaliligini ham neytrallaydi. Go’ng o’simliklar uchun kaliy manbai, chun- ki unda 0,6% atrofida K2O bo’ladi. Barcha q.x. ekinlari, ayniqsa, qumli va qumloqli tuproqlardagi ekinlar K.o’.ga kuchli ehtiyoj sezadi. K.o’., odatda, fos- Forli yoki azot va fosforli o’g’itlar b-n birga ishlatiladi. G’o’za, kartoshka, sabza- vot, qand lavlagi, xashaki ildizmevali- lar, makkajo’xori, kuzgi g’alla ekinlari va b. ekinlar kaliyga talabchan. 1 ga may- dondagi g’o’za har tonna hosili uchun er- dan 30-70 kg azot, 10-20 kg fosfor b-n birga 30— 80 kg kaliyni o’zlashtirishi aniklangan. K.o’. meva, rezavor-meva, uzum, ildizmevalilar va b. tarkibidagi qand miqdorini, kartoshkada kraxmalni, to- lali ekinlarda tola mikdorini oshirib, sifatini yaxshilaydi, em-xashak ekinla- ri tarkibidagi proteinni ko’paytiradi, kuzgi g’alla ekinlari, dukkaklilar va daraxtlarning sovuqqa va qurg’oqchilikka chidamini oshiradi. Quruq cho’l zonasida va sur tuproq erlarda K.o’. faqat sug’orish paytida beriladi. Sho’rtob tuproqlarda K.o’. ishlatilmaydi, ular tuproq sho’rini kuchaytiradi. Erga solinadigan K.o’. me- ‘yori tuproqning harakatchan kaliy b-n qanchalik ta’minlanganligiga bog’liq. Bunda azot, fosfor, kaliy (NPK) 1:0,7— 0,8:0,53 nisbatda olinadi. K.o’. yillik miqdorining 50% ini asosiy o’g’it si- fatida kuzgi shudgorda, 50% ini esa ve- getasiya davrida berish tavsiya etiladi. Ad.: Ergashev Sh., Ergashev M., Kaliyli o’g’itlar va paxta hosildorligi, T., 1983.