Kaltsiy karbonat
Kaltsiy karbonat, Saso, -karbonat kislotaning kaltsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Tabiatda ikkita minerali: kaltsit (bo’r, ohaktosh, Marmar holida) va aragonit keng tarqalgan. Suvda yomon, kislotalarda yaxshi eriydi. Qizdirilganda suyuqlanmasdan kaltsiy oksid (Sao) va karbonat angidridga (SO2) parchalanadi. Tabiiy Kaltsiy karbonat ohak, shisha, linoleum olishda, kaltsiyning boshqa birikmalarini sintez qilishda ishlatiladi. Sintetik usulda kaltsiy xlorid va sodani o’zaro ta’sir ettirish yo’li bilan olingan Kaltsiy karbonat qog’oz va rezina ishlab chiqarishda to’ldiruvchi sifatida, shuningdek, tish poroshogi va kosmetik preparatlar tayyorlashda qo’llaniladi.