Kamenev Boris Dmitrievich
Kamenev Boris Dmitrievich (1912.7.7, Orenburg – 1957.2.10, Nu- kus) — teatr rassomi. O’zbekistonda (1957) va Qoraqalpog’istonda (1944) xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. 20-y. lardan To’rtko’l sh.da yashagan. 1933 y.dan Qoraqalpoq davlat teatrida rassom, 1943 y.dan bosh rassom. K. krraqalpoq te- atrining shakllanishiga hissa qo’shgan. U teatr spektakli ruhiga mos muhitni yorqin va aniq, maishiy hayotni Real aks ettirgan dekorasiyalar yaratish- ga intilgan. «Suymaganga suykanma» (1945, yangi varianti — 1956), «Amuda- ryo sohilida» (1949), «Amerika ovozi» (1950), «Berdaq» (1951), «O’g’irlangan baxt» (1954), «oshiq g’arib» (1955) va b. spektakllarni bezadi; portretlar (akad. Sh. Musaev, 1950; baxshi J. Shomuratov, 1953; shoir Berdaq, 1957) yaratgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpog’iston Davlat muko- Foti laureati (1967).