Kameron (Cameron) Charlz

Kameron (Cameron) Charlz (1730, Shotlandiya — 1812, Peterburg) — me’- mor, klassisizm namoyandasi. Frantsiya va Italiyada o’qigan. 1779 y. dan Peter- burgda Ekaterina II saroyida ishlagan. 1802-1805 y.lar Admiralteystvo kolle- giyasida bosh me’mor. K. qurgan Tsarskoe Selo (hoz. Pushkin sh.)dagi inshootlar majmuasi (1780-93) me’morligida Rim termlari uslubi qo’llanilgan. Pavlov- SKdagi saroy, bog’pavilonlari (1780— 1801) va b. o’zining klassik yorqinligi, nafisligi, me’morning fantaziyaga boy- ligi, kad. me’moriy shakl va bezaklar turli ko’rinishda talqin qilinishi b-n o’ziga tortadi. Alohida izlanuvchanlik va ustalik b-n qo’llanilgan turfa xil materiallar K. yaratgan intererlarda- gi nafis bezak va shakllarda (Pushkin sh.dagi katta saroy, Pavlovskdagi Yunon va Rim zallari, 1770-80 va b.) ko’zga tashlanadi.