KAPITULYATSIYA

KAPITULYATSIYA — so’zsiz taslim bo’lish (xalqaro huquqda), urushayotgan tomonlardan birining yengilganligiga iqror bo’lib, qarshilik ko’rsatishni to’xtatishi va qurolni tashlashi. Kapituluatsiya to’g’risidagi hujjatni imzolash tarzida uzil-kesil rasmiylashtiriladi. Odatda, bunda hamma qurol-yarog’lar, texnika, harbiy mulk g’olibga o’lja sifatida, shaxsiy tarkib esa – asirlar tarzida beriladi. Mag’lub tomon hech qanday shartlar, qo’shimcha izohlarni o’rtaga qo’ymay so’zsiz Kapituluatsiya aktini imzolaydi (masalan, 1945-yil fashistlar Germaniyasi va militaristik Yaponiyaning Kapituluatsiya).