Kapsan, kafsan

Kapsan, kafsan — 1) o’tmishda qishloq jamoasining xizmatini bajarganligi uchun dehqonlar tomonidan ayrim shaxslar (masalan, ma’mur va din arboblari, mirob va podachilar, temirchi va sartaroshlar)ga berilgan mahsulot to’lovi. Kapsanning miqdori yerning hosildorligiga hamda suv ta’minotiga qarab turli joylarda turlicha bo’lgan. Dehqonlar o’z qarindosh-urug’lari, qishlokdagi kambag’al oilalarga, beva-bechoralarga ham ixtiyoriy ravishda Kapsan berganlar; keyinchalik u majburiy to’lovga aylangan; 2) Turkiston o’lkasida (masalan, Toshkent, Farg’onada) sayyor artistlar truppasi ko’rsatgan tomoshalarda yig’ilgan pulni kishi boshiga taqsimlaganda tekkan ulush.