Kaptarxona g’ori

Kaptarxona g’ori – Jizzax viloyati, Jizzax tumanidagi g’or. Molguzar tog’i yon bag’rida, 700 metr balandlikda joylashgan. Devon davriga mansub ohaktoshlarda hosil bo’lgan. G’or, asosan, ikkita kattaroq xonadan iborat. G’orra kirishda sahni birmuncha tekis, og’zi to’rtburchak shaklga yaqin. Keyingi xonaga yon tomondan eni 3-4 metrli kichik xonalar tutashgan. G’orning oxirida uning eni 1 metrli tirqishga aylanadi va yer yuzasiga teshik shaklida ochiladi. G’orning umumiy uzunligi 50 metrdan ziyod, maydoni 180 m2, hajmi 2700 m3. Bu yerda yovvoyi kaptarlar yashaydi, nomi shundan.