Karbamid, mochevina

Karbamid, mochevina (NH2)2 So-karbamid kislota amidi, sintetik usulda olinadigan, suv, spirt, suyuq am- miak, sulfit angidridda yaxshi eriydi- gan modda. Suyuqlanish harorati 132,7°. Tarkibida 46% azot bo’lgan eng kontsen- trlangan fiziologik nordon, qattiq azotli o’g’it. Uncha nam tortmaydi. Azot- li o’g’it tarzida ishlatish uchun donador holida ishlab chikariladi. Donador K. saqlash vaqtida mushtlanib qolmaydi. K.tuprokda mikroorganizmlar ta’siri- da o’simliklar o’zlashtiradigan ammoniy karbonatga aylanadi. Samaradorligi jihatidan ammoniy nitratga teng, ba’- zan undan samaraliroq.K.ni hamma xil tuproqlarda va barcha q.x. ekinlariga ish- latish mumkin. Sug’orma dehqonchilikda ekishdan oldin (azot yillik me’yori- ning 20-25% hisobida) va dastlabki oziqlantirishda ammiakli selitraga qaraganda sabzavot ekinlari, kartoshka, qand lavlagi hosildorligiga yaxshi ta’- sir etadi. Chorvachilikda kavsh kaytaruvchi mol- larga beriladigan em-xashaklar azotli oqsillari (protein) o’rnini bosadigan modda sifatida (1g K. 2,6 g hazm bo’ladigan proteinga teng) 1t makkajo’xori silosi- ga 5-6 kg, qoramollar uchun 1t aralash emga 25 kg (2,5%) K. ishlatiladi (yana q. Oqsilsiz azotli ozuqalar).