Kamchiq dovoni
Kamchiq dovoni — Qurama tiz- ma tog’larida, Toshkent va Namangan VI- loyatlari chegarasida joylashgan. Bal. 2269 m, shim.-g’arbda Kuindi tizmasi (1874 m) va Jan.-sharkda Sulukota (2334 m) tizma tog’larining tutashgan joyi- da. Dovon trias davrining konglomerat, qumtosh, alevrolit qatlamlarl usti- da yotuvchi kvarsli porfir, tuf, lavali jinslardan tashkil topgan. Relefi kuchli parchalangan, yon bag’irlari tik. Tub jinslar yalang’och. Dovondan Tosh- kent—O’sh avtomobil yo’li o’tgan. Do- vondan qadimda Buyuk ipak yo’lining shim. tarmoqlaridan biri o’tgan. Keyin- gi asrlarda ham savdo karvonlarining qatnovi to’xtamagan. 1990-y.lar oxirida respublikada avtomobil transporti- ning rivojlanishi munosabati b-n do- vondan o’tuvchi yo’l jahon andozalariga moslab ta’mirlandi. Jami uz. 2,5 km bo’lgan Rezak va Kamchikda zamonaviy tunnel inshootlari ishga tushirildi. Endilikda dovonda transport harakati yil davomida xavfsiz bo’lishi uchun bar- cha imkoniyatlar yaratilgan.