Karimbek Kamiy (1864-1923) kim bo’lganini bilasizmi?
Kamiy (taxallusi; asl ism-sharifi Karimbek Sharifbek o‘g‘li) (1864— Toshkent — 1923) — o‘zbek shoiri, ma’rifatparvar. Toshkentdagi «Beklarbegi» madrasasida o‘qigan (1880 yildan). 1916 yil gacha shu madrasada mudarris. 1890 yillardan shoir sifatida tanilgan, bayozlar tuzgan.
Sidqiy Xondayliqiy, Xislat, Miskin, Tavallo kabi ko‘pgina shoirlar K.ning shogirdlaridan bo‘lgan. Oktyabr to‘ntarishidan keyin «Turon» kutubxonasida, savodsizlikni tugatish kurslarida ishlagan.
Kamiy mumtoz she’riyatning ko‘pgina janr va mavzularida ijod qilgan. Muqimiy, Furqat bilan yaqin aloqada bo‘lgan, mushoiralar qilgan. K. ijodi murakkab, dunyoqarashi ziddiyatli. Ko‘pchilik she’rlarida xalqni ma’rifatli bo‘lishga da’vat etgan («Temir yo‘l xususida», «Dilki millat g‘amida qon o‘ldi…», «Soldi beilmlik xatolarg‘a va boshqa).
19-asr oxiri, 20-asr boshlarida Toshkentda nashr etilgan bayozlarning deyarli hammasida Kamiy she’rlari uchraydi. Ijodidan namunalar «Turkiston viloyatining gazeti» va boshqa vaqtli matbuotda e’lon qilingan.
O‘xshash so‘zlar
- Komil Xorazmiy (1825-1899) kim bo’lganini bilasizmi?
- Komil Yashin (1909-1997) kim bo’lganini bilasizmi?
- Komilbek Norbekov (1880-1943) kim bo’lganini bilasizmi?
- Laffasiy (1880-1945) kim bo’lganini bilasizmi?
- Latif Mahmudov (1935) kim bo’lganini bilasizmi?
- Laziz Qayumov (1930-2004) kim bo’lganini bilasizmi?
- Ma’ruf Jalil (1936-2004) kim bo’lganini bilasizmi?
- Mahkam Mahmud (1940) kim bo’lganini bilasizmi?


