Karimov Mirqodir Abzalovich

Karimov Mirqodir Abzalovich (1906.3.3 — Toshkent — 1979.26.12) — Fitopatolog-mikolog olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1967), biologiya fanlari Doktori (1954); professor (1954). O’rta Osiyo universitetining qishloq xo’jalik fakultetini tugatgan (1931). Toshkent o’simliklarni himoya qilish texnikumida ilmiy bo’lim mudiri, Toshkent qishloq xo’jaligi institutida dotsent, professor (1935-71), fitopatologiya kafedrasi mudiri (1972-79). Ilmiy ishlari beda zamburug’ kasalliklari qo’zgatuvchilarini aniqlash, gulli parazit o’simliklarga qarshi kimyoviy kurash usullarini ishlab chiqish, g’o’za, beda va boshqa ekinlarining kasalliklarini o’rganishga bag’ishlangan. As: g’o’za kasalliklari, T., 1975.