Karimov Muhammadjon

Karimov Muhammadjon (1919.20.6 — Toshkent — 1998.26.7) — xonanda, O’zbekiston xalq hofizi (1992). Du- tor, tanbur chalishni, mumtoz ashula yo’llarini dastlab otasi Karimbo- bo, No»monqori hofizlardan, maqom yo’llarini To’ychi Hofiz, Domla Halim kabi ustozlardan o’rgangan. O’zbekiston sanoat kengashi qoshidagi ashula va raqs ansamblida yakkaxon xonanda (1935— 39), Xorazm viloyati teatri, Chorjo’y o’zbek teatri, Mirzacho’l teatrlarida ashula- chi va aktyor (1939-1942). 2 – jahon uru- shi qatnashchisi (1942-44). O’zbekiston radioqo’mitasining milliy musiqa an- sambli (1944-45), «maqom» ansamblida xonanda (1960-y.lari), Toshkent sh. Turli musiqa maktablari va san’at muassa- salarida yoshlarga an’anaviy ashulachi- lik sirlarini o’rgatgan. Repertuaridan maqom yo’llari («Dugoh», «Segoh», «Bayot 1 — u»,»Chorgoh» va b.), o’zbek ashula va katta ashulalar («Samarqand ushshog’i», «Toshkent Irogi», «Girya», «Naylarman», «Qalandar I, II», «Layli va Majnun», «Ulkim jonon», «ayrilmasun» va b.), o’zbek bastakorlari asarlari («Sayyora», Hamza; «Ra’nolanmasun», Yu. Rajabiy; «Munojot», I. Ikromov; «Fig’onkim», A. Ubaydullaev va b.), shuningdek, o’zi musiqa bastalagan qo’shiqlar: «Kel, ey dilbar» (Mashrab), «Ka’bam onam» (Ibrohim Adham), «Derlar» (Huvaydo) va b. o’rin olgan. K. tiniq, kuchli va nihoyatda jozibali ovoz sohibi. Uning ijro uslubi o’ziga xos dardmandlik, yurakdan jo’shib aytish, chuqur falsafiy mazmun, har bir so’zini aniq, dona-do- na qilib aytish b-n ajralib turadi. K. ijro etgan ashulalari Toshkent gram-yozuv studiyasi tomonidan bir necha plastinka- da chiqarilgan («M. Karimov kuylaydi», 1969, 1980, 1983 va b.), O’zbekiston tele- radiokompaniyasi tomonidan uning ijo- diga bag’ishlangan 2 videofilm suratga olingan («Muhammadjon Karimov kuy- laydi», 1991; «Munojot», 1997).