Karimov Naim Fotihovich
Karimov Naim Fotihovich (1932. 12.12, Toshkent) — adabiyotshunos olim, jamoat arbobi. O’zbekistan Respublika- si fan arbobi (1996). Filol. Fanlari D-ri (1993), prof. (1994). Toshkent un- tining filologiya f-tini tugatgan (1955). O’zbekiston FA til va adabiyot in-tida bo’lim mudiri (1990 y.dan). K. 20-a. o’zbek adabiyoti taraqqiyoti xususiyatlarini ochish borasida i.t.lar olib boradi. U shu davrdagi o’zbek adabiyoti va uning yirik vakillari ijodini milliy g’oya Mezonla- ri asosida o’rganish ishini birinchilar – dan bo’lib boshlab berdi. Uning ilmiy faoliyatida adabiyot hodisalarini tari- xiy voqealar, badiiy asarni esa yozuvchi hayoti va ma’naviy-estetik olami b-n uz- viy aloqada o’rganish ustuvorlik qiladi. K. Oybek, G’afur G’ulom, Hamid Olim- jon, Hamzaning ko’p jildli akademik nashrlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan. Urta MAK-Tab o’quvchilari va oliy o’quv yurti talabalari uchun o’zbek adabiyotidan darsliklar yozgan. K. O’zbekiston ma’rifatparvarlar jamiya- ti raisi (1999 y.dan). Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiy- lashtirish komissiyasi va «Shahidlar xo- tirasi» xayriya jamg’armasi kengashi ra- isi (1999 y. dan), «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi direktori (2002 y.dan). «O’zbekiston milliy entsiklope- diyasi» Bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997 y.dan). Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). «El- yurt hurmati» ordeni b-n taqdirlangan (1999). As: Hamid Olimjon, T., 1979; Oybek, T., 1985; Cho’lpon, T., 1991; Usmoi Nosir, T., 1993; Usmon Nosirning so’nggi kunlari, T., 1994; istiqlolni uyg’otgan shoir, T., 2000.