Kars

Kars — Turkiyadagi shahar. Kars elining ma’muriy markazi. Aholisi 70 ming kishidan ziyod (1990-yillar boshi). Sut chorvachiligi va qo’ychilik rayoni markazi. To’qimachilik hunarmandchiligi rivojlangan. Oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Kars qadimgi qal’a o’rnida bunyod etilgan. 11 -asr o’rtalaridan Vizantiya hukmronligi ostida, 1074 yildan turk saljuqlari tomonidan egallangan. 13-16-asrlarda Gruziya, 16-asrdan Usmonli turklar saltanati tarkibida. 19-asrdagi Rossiya-Turkiya urushi vaqtida urush harakatlarining asosiy ob’yekti bo’lgan. 1878 yil San-Stefano (Istanbul shahri yonida) tinchlik shartnomasiga muvofiq Rossiyaga, 1921 yil Kars shartnomasiga muvofiq Turkiya tarkibiga kirgan.