Katapult kreslosi nima?

Tovushdan tez uchuvchi tayyora uchuvchisi tayyora halokatga uchragan paytda parashyut bilan sakray olmaydi. Bunday hodisalar uchun maxsus йurilma o’ylab topilgan bo’lib, uchuvchining o’rindig’i uchuvchi va parashyut bilan birga tayyoradan irg’itiladi. Tezlikdagi katapultlash tayyora tovush chizig’idan o’tib, tovushdan tez ucha boshlaganda halokat yuz bergan lahzalarda uchuvchining hayotini saqlab qoladigan yagona usuldir. Biroq katapult hodisasini ham xavf-xatarsiz deb bo’lmaydi. Chunki uchuvchi o’tirgan o’rindiqning tagidan patron portlatib itqitiladi va o’qday tezlik bilan uchib ketadi. Havoning qarshi oqimiga zarb bilan keskin urilish uchuvchini jarohatlashi mumkin. Shuning uchun uchuvchi katapult oldidan o’zini to’sadigan mustahkam qimoyalovchi ekranni tushirib oladi.