Tayyora qanday qilib uchadi?

XVIII asrdayoq shveytsariyalik fizik olim Daniel Bernulli gaz oqimining tezligi oqim kengligi bilan uzviy bog’liq ekanligini kashf etgan edi. Keyinchalik bu qonun uning nomi bilan ataldi. Tayyoraning ishlash usullari xuddi shu qonunga asoslangan. Tayyoraning qanoti shunday ishlanganki, havo uning yuqori qismiga nisbatan tagidan tezroq oqib o’tadi. Xuddi shu sababli ko’tarish kuchi paydo bo’lib, tayyorani uchish paytida yuqoriga ko’taradi. Og’ir tayyorani yuqoriga ko’tara olishi uchun uning qanoti g’oyatda mustahkam bo’lishi kerak. Qanotning yon tomonidan ko’rinishi ham uning shamolga qarshilik ko’rsatish darajasini belgilaydi. Shuning uchun ham eng tez uchar tayyoralarning orqa qismi qisqa va egilgan holda bo’ladi. Tayyoralarning tezligini oshirish uchun nayzasimon o’zgarib turadigan qanot ixtiro qilingan. Tezlik oshgani sayin qanot tobora qiya nishabdor shaklga kiradi va havoning qarshiligi kamayadi. Shu sababli tovushdan tez uchadigan tayyoralarning qanoti nisbatan sekinroq uchadigan tayyoralarning qanotidan biroz boshqacharoq bo’ladi. Sekinroq uchadigan tayyoralar qanoti to’g’riroq, tez uchar tayyoralar qanotining uchi esa nayzaga o’xshaydi. Tovushdan tez uchar tayyoralarning tezligi tovush tezligidan ham ikki-uch marta balandroq bo’lishi mumkin.