Kater

Kater (inglizcha carter) — suv sig’imi kichik (10 dan 400 tonnagacha), yurish tezligi 70 uzel (130 km/soat) gacha bo’lgan yordamchi yoki jangovar kema. Kater korpusidagi suv osti qismining tuzilishi bo’yicha killi, chiqiqli yoki chiqig’i bo’lmagan yassi tubli Katerlar; harakatlanish tarzi bo’yicha suv sig’imli, glissirlanuvchi (suv betida sirganuvchi), suv osti qanotli va havo yostiqli; dvigatelining turiga ko’ra, motorli, gaz-turbinali, elkan-eshkakli Katerlar bor. Kater harbiy-dengiz flotida jangovar va yordamchi kemalar sifatida qo’llaniladi. Zamonaviy jangovar Katerning raketa va zambarak o’rnatilgan, torpedali, qo’riqchi, minaga qarshi, desant va boshqa turlari bor.