Qirqbo’g’im

Qirqbo’g’im – qirqbo’g’imdoshlarga mansub ko’p yillik o’simliklar turkumi. O’zbekistonda dala qirqbo’g’imi va tarnovcho’p Qirqbo’g’im turlari uchraydi. Poyasi qattiq, tik, bo’g’imli, qobirg’ali, sershox. Bo’yi 40-60 santimetr. Bo’g’imlaridan g’uj shoxchalar chiqadi. Qizg’ish-qo’ng’ir novdalari uchida sporali boshoq hosil bo’ladi. Ildizpoyalari va sporalari ko’payadi. Qirqbo’g’im bedazor, paxta maydonlari, sholipoyalarda, shuningdek, sug’orish shoxobchalari bo’ylari, zax va botqoq yerlarda o’sadi. Kurash choralari: yerni chuqur haydash; tuproqni yumshatish; gerbitsidlar purkash.