Qirolicha meri yeri

Qirolicha meri yeri – Sharqiy Antarktidaning 92°03′ va 100°04′ shq.u.lar oralig’idagi qismi. G’arbda Vilgelm II, Sharqda Uilks yeri bilan chegaradosh. Qirg’oqlarini Deyvis va Mouson dengizlari yuvib turadi. Hududining aksari qismi qalinligi 2500-3000 metrli muz bilan qoplangan, sohil qismida tub jinslar qisman ochilib qolgan. D. Mouson boshchiligidagi Avstraliyaning Antarktika ekspeditsiyasi tomonidan 1912 yilda kashf qilingan va ingliz qirolichasi nomi bilan atalgan. Hududda observatoriya ishlab turibdi.