Qirq

Qirq — o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik qabilalardan biri. Tarqoq holda Samarqand atrofida, Panjikentning Janubda, hozirgi G’allaorol, Jizzax, Zomin va O’ratepa hududlarida yashaganlar. Ko’pincha o’zbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri — yuzlar bilan aralashgan holda yashaganlar. Shuning uchun ham ko’pchilik manbalarda «qirq yuz» nomi bilan ham ma’lum. Qirq, yuz va ming qabilalari Marqa degan umumiy nom bilan atalgan. Qirqlarning etnogenezi Dashti Qipchoq o’zbeklari bilan bog’liq. Qirqlar o’tmishda bir qancha urug’larga bo’lingan. Shulardan eng yiriklari: oq-qo’yli, qora-qo’yli, qorasirak, qoracha, olmasa-un, Chaparashli va boshqalar. Ular 20-asrning boshlariga qadar yarim o’troq holda yashab, chorvachilik bilan, bir qismi tog’yon bag’rida, adirlarda yashab lalmikor va sug’orma dehqonchilik bilan shug’ullangan.