Qirolicha mod yeri

Qirolicha mod yeri – Sharqiy Antarktidaning 20° G’.u. va 45° shq.u.lar oralig’idagi qismi. Shimoldan Lazarev, Riserlarsen va Kosmonavtlar dengizlari o’rab turadi. Yer yuzasi 3500 metr qalinlikdagi muz bilan qoplangan. Sohilbo’yi qismida balandligi 3000 metr va undan yuqori bo’lgan alohida tog’ cho’qqilari uchraydi. Rossiya, Germaniya, Hindiston, JAR, Yaponiya davlatlarining ilmiy stansiyalari ishlab turibdi. 1930 yilda Norveglarning Riserlarsen ekspeditsiyasi tomonidan kashf qilingan va Norvegiya qirolichasi nomi bilan atalgan.