KATOLITSIZM

KATOLITSIZM (yun. katholikos – umumiy, asosiy) — xristianlikdagi asosiy oqimlardan biri. Katolitsizm diniy ta’limot va cherkov tashkiloti sifatida 1054-yilda cherkovlarning bo’linishidan keyin vujudga keldi. XVI asrda Katolitsizmdan protestantizm ajralib chiqdi. Katolik cherkovi qat‘iy markazlashgan, yagona markazi Vatikan, uning birdan-bir boshlig’i – Rim papasi. Katolitsizm xristianlikning asosiy aqida va marosimlarini e’tirof etadi. Katolitsizm jahon siyosatida muayyan rol o’ynaydi. Katolik cherkov ko’p sonli ruhoniylar, monaxlik ordenlari, klerikal partiyalar, missionerlik tashkilotlari va boshqalarga ega. Cherkov statistikasiga ko’ra, katoliklar 900 mln.ga yaqin kishi. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Fransiya, Belgiya, Avstriya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Katolitsizm hukmron diniy ta’limot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexiya, Slovakiya va Kubada katoliklar dinga ishonuvchi aholining ko’pchiligini tashkil etadi. XX asrning 60-yillaridan Katolitsizm aqidalari, marosimlari, tashkilotlari va siyosati zamon talablariga moslashtirilmoqda.