KAYFIYAT

KAYFIYAT (siyosiy kayfiyat) — siyosiy psihologiyaning o’zgaruvchi, dinamik elementlaridan biri. U odamlarning emotsional – ruhiy holatini aks ettiradi. Mazmuniga ko’ra u odamlarning ehtiyojlari bilan ularning amaliy imkoniyatlari, ish va hayot sharoitlari o’rtasidagi nomutonosiblikning u yoki bu darajasini aks ettiradi va ijtimoiy siyosiy ahvoldan ruhiy qoniqish, qoniqmaslik, befarqlik tarzida nomoyon bo’ladi. Siyosatda siyosiy kayfiyat muhim rol o’ynaydi.