Kelinchaklar nega fo’taga o’ranadilar?

Bunday odatning kelib chiqishi to’g’risida hikoya qiladigan bir talay rivoyatlar mavjud. Ularning barchasi oqsoch tarixga borib taqaladi. Bizga yaxshi ma’lumki, aksariyat qadimiy xalqlarda qalliqni uning bo’lajak kuyoviga ko’rsatmaslik an’anasi mavjud edi. Misrda xuddi shunday kuyov o’z jufti halolining diydorini to’yga qadar ko’rmoqdan mahrum edi! Kuyovning kelin yuzidagi pardani olishi ham to’y udumlarining tarkibiy qismi bo’lgan. Bunday odat arablarda ham, hindlarda ham, shuningdek Osiyo va Yevropaning boshqa xalqlarida ham urf bo’lgan. Qadimgi rimliklar va yahudiylarda ham bunday an’ana mavjud edi. Kelin yuziga fo’ta solardilar. Fo’ta ba’zida shu qadar katta bo’lardi, ya’ni qalliqning butun jismini ham chulg’ab olar edi. To’ydan keyin fo’tani ko’zdan yiroq bir joyga berkitib, uni faqat ayol vafot etganidagina qayta qo’lga olar edilar. Biroq bizning zamonamizda ushbu odat to’yni quvnoqroq va jozibaliroq qilish maqsadida saqlab qolingan. Ha, fo’ta kelinchakning nafosati va kamtarligining qadimiy ramzidir.