Panamaning nomi qayerdan kelib chiqqan?

Fikrimizcha, Panama shlyapasini Panama aholisi tayyorlaydi degan haqiqat, eskimoni eskimoslar ixtiro qilgan degani singari yolg’on bir narsadir. Panama kiyish chindan ham bundan yuz yillar ilgari urfga aylanib u Panama kanali quruvchilari tomonidan amalga oshirilgandi. O’sha kezlarda kanal qurayotgan kompaniya Ekvadordan poxol shlyapalarning katta partiyasini xarid qildi. Shu paytdan boshlab panamalik quruvchilar kiygan panamalarning nomi «Panama» bo’lib qoldi. Ekvadorning o’zida esa ularni «sombrero de paxa tokilya», ya’ni tokiliya qamishi poxolidan tayyorlangan shlyapa deb ataydilar. Eng murakkab jihati — qamish poyalarini teng va mayin qilib tilim-tilim tarzida kesish lozim. Shundan so’ng ularni bo’yaydilar, quritadilar, keyin esa to’qiydilar — bu esa, mahalliy hunarmandlarning e’tirof etishicha, o’ta oddiy va tez uddalanadigan amaldir. Haqiqiy Panama kiyishga rosa qulay — u yengil, uni g’ijimlamoq, iylamoq, cho’ntakka solib yurmoq, yuvmoq mumkin, ya’ni tekislanganidan keyin u o’zining asil holatiga qaytadi. Bundagi sir-asror nima ekanligini tushuntirib berish qiyin, ya’ni buning sababi tokiliya qamishining xususiyatlaridami yoki hunarmandchilikning ekvadorlik ustalar ko’p asrlar mobaynida bobodan nevaraga qoldirib kelgan qandaydir bir siri mavjudligidami, aytish qiyin.