Parashyutni kim yaratgan?

Parashyut — havoning qarshiligini vujudga keltiruvchi ulkan «soyabon»dir. Parashyutning yordamida odam osmondan yerga ohistalik bilan tushadi va bunday tushish paytida jarohatlanishning oldi olinadi. Parashyut — uchish qurilmalari to’g’risidagi fikr-rejalarning eng eskisidir. Parashyutning birinchi bayoni 1514 yilda buyuk Leonardo da Vinchi tomonidan qog’ozga tushirilgan. Parashyut bilan birinchi sakragan inson fransuz Garneridir. 1797 yilda u 600 metrdan ziyodroq balandlikdan muvaffaqiyatli sakradi. Garnerining parashyuti soyabon (zont) shaklida bo’lib, brezentdan tikilgan va diametri 7 metrga yetar edi.