Kishilar vaqtni qanday o’lchashgan?

Vaqtni o’lchash yerning o’z o’qi atrofida doimiy aylanib turishiga asoslangan. Kishilar bu ish bilan biz yashab turgan joylarda o’rta asrlardan shug’ullanib kelishgan. Kun va tun orasidagi farq sutkani o’n ikki soatdan ikki qismga bo’luvchi tabiiy ko’rsatkich hisoblangan. Yozda kunlar tunga nisbatan uzunroq bo’ladi. Qishda esa buning aksini ko’rasiz. Quyoshli o’lkalarda yashagan xalqlar vaqtni o’lchashda Quyosh nuridan foydalanishgan. Vaqtning o’tishi yog’och soyasining uzunligi va yo’nalishiga qarab belgilangan. Albatga, bu usulni bulutlar Quyosh yuzini to’smagan ochiq kunlarda qo’llash mumkin. Bu ancha noqulaylik tug’dirgan. Kishilar kashf etgan suv soatlari azaldan «tungi soatlar» deb atalgan. Suv to’ldirilgan idish ma’lum vaqt oralig’ida bo’shab, undagi po’kak strelkalarni harakatga keltirgan. Qum soatlarida suv o’rnida hum ishlatishgan. Biroq eng qulayi mexanik soatlar hisoblangan. Soatlar tosh yoki egiluvchan prujina yordamida harakatga keltirilgan. Mayatnikli (kapgirli) va mexanizm bilan boshqariladigan soatlar 1629-1695 yillarda yashab o’tgan daniyalik olim Kristian Gyuygens tomonidan kashf etilgan. Bunday soatlarda ma’lum og’irlikka bog’langan mayatnik hamisha bir paytda bir marta to’liq tebrangan. Bu qonunni Gyuygensning zamondoshi bo’lgan angliyalik olim Issaak Nyuton kashf etgan. Hozir har kuni burashga hojat bo’lmagan soatlar ishlatilmoqda. Bular kvarsli yoki elektron soatlardir. U kichkina batareyadan oziqlanadi, vaqt hisobi esa murakkab elektrik jarayonlarga asoslangan. Bunday soatlar mexanik soatlarga nisbatan aniq va chidamli hisoblanadi.