Vaqtni hisoblashdagi AQSh standarti nimani bildiradi?

Barchamiz vaqtni 24 — soatlik sutkani 12 soatdan ikkiga bo’lib hisoblashga odatlanganmiz. Sizning budilnik soatingizdagi odatdagi tsiferblat 1 dan 12 gacha raqamlangan. Siz, albatta unga qarab ertalabki soat 9 ni va kechqurungi soat 9 ni farqlay olasiz. Shunga qaramay ba’zi hollarda poyezdlar harakati yoki samolyotlar uchishi jadvali haqida, uchrashuvlar belgilash borasida gap ketganda bunday vaqt belgilash ba’zi tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunda albatta ertalabki yoki kechki soat vaqtini aniq aytish lozim bo’ladi. Lekin baribir o’tkinchi xatolar sodir bo’lib turadi, burab qo’yiladigan soatlarni ko’pam ishlatishmaydi. Bunday xatoliklardan xoli bo’lish maqsadida Qurolli Kuchlarda vaqtni hisoblashda 24 soatli standartdan foydalaniladi. Ya’ni kun noldan boshlanib 24 soatda tugadi. Masalan, yarim kechadagi bir daqiqa 00.01 deb belgilanadi (nol soat bir daqiqa deb o’qiladi), tush payti — 12 soat (o’n ikki soat deyiladi), tushdan keyingi bir soat — 13 soat deyiladi. Shunga e’tibor qilish zarurki, daqiqalar albatta soatdan keyin o’qiladi, oldin emas. Harbiy kishilar hech qachon «chorak kam uch» deyishmaydi, hamisha — 14.45 («o’n to’rt soat qirq besh daqiqa» deydi, hech qachon «bir minuti kam o’n ikki» demaydi, hamisha 23.59 («yigirma uch soat ellik to’qqiz daqiqa» deydilar). Dastlabki paytda bu bir qadar qiyindek tuyulishi mumkin, biroq bunday vaqtni hisoblash ehtimoli bo’lgan xatoliklarni oldini olishga yordam beradi va butun yer yuzida poyezdlar harakati va samolyotlar uchishi jadvallarini ko’rsatishda keng foydalanilmoqda.