KITOB BALANDTOG’ RASADXONALAR MAJMUASI

KITOB BALANDTOG’ RASADXONALAR MAJMUASI (KBRM) – O’zbekiston FA Astronomiya institu- tining kuzatuv bazasi; Qashqadaryo vilo- yati kitob tuman i yakinida joylashgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti- ning 1993 yil 11 Fev. farmoniga bino- an tashkil etilgan. Dastlab u 3 bo’lim: Maydanak balandtog’rasadxonasi (MBR), Kitob kenglik st-yasi (KKS) va ekspe- disiya bazalari majmuasidan (EBM) iborat edi. Vazirlar Mahkamasining qarori b-n ushbu bazalar milliylashti- rilib, O’zbekiston FA tarmogiga birik- tirildi. MBR majmuaning bosh ilmiy bo’limi hisoblanadi. MBR Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi may- danak tog’ida (dengiz sathidan 2600 m balandlikda) joylashgan. Maydanak tog’i jahonda eng kulay astrofizik ku- zatuv joylaridan biri deb tan olingan. MBR da xalqaro va respublikaning il- miy dasturlari doirasida gravitasion linzalar, yulduz to’dalari, stasionar hamda o’zgaruvchan yulduzlar, yulduzla- raro muhit, sayyoralar va b. kosmik ob’- ektlarning astrofizik kuzatuvlari olib boriladi (q. Maydanak balandtog’rasad- xonasi). KKS Qashqadaryo viloyati kitob sh. chekkasida joylashgan, 1939 y.dan beri faoliyat yuritib kelayapti. Oxir- gi yillarda uning xizmat doirasi er qobig’idagi tektonik siljishlarga ham qaratildi. EBM ning asosiy vazifasi — MBRning moddiy-texnik , avtotran- sport ta’minoti va b. xo’jalik ishlari- dan iborat.