Kitob surxagi, surxak, gov surxak

Kitob surxagi, surxak, gov surxak — xalq selektsiyasida chiqarilgan eng ertapishar xo’raki uzum navi. Vata- ni—Markaziy Osiyo. Ekologik-geogra- FIK jihatdan Sharqiy guruh navlariga kiradi. Bargi o’rtacha (o’z. 15 sm, eni 15 sm), shakli dumaloq, 5 bo’lakli, o’rtacha kertikli. Guli 2 jinsli. Uzum boshi yirik, og’irligi 400-500 g, shakli ko- nussimon, shingillari zich. G’ujumlari yirik (ayrim yirik gujumlari 27 mm gacha), to’q pushti rang. Etdor, sershira, po’sti o’rtacha qalinlikda, karsillaydi, gujumi tarkibida 15,5% qand bor, nor- donligi 3,3 g/l. Har g’ujumida Z dona urug’i bor. Tupi kuchli o’sadi. Sovuqqa chidamsiz bo’lganligi sababli qishda ko’mish kerak. Kul va barg o’rovchilaridan kam zararlanadi. Iyun oxiri — iyul boshlarida pishadi. Toshkent viloyati- da kurtak yozishidan boshlab g’ujumlari to’liq pishishi uchun 100 kun talab qilinadi (faol harorat yig’indisi 2500° da). Ko’p zang qoldirib, elpig’ichsimon shakl berib o’stirilganda toklar yaxshi hosil beradi. Hosildorligi 160-220 ts/ ga. O’zoq joylarga yuborishga chidamsiz. G’ujumlari to’liq pishgach, 8-12 kunda hosil yig’ishtirib olinadi, aks holda tashqi ko’rinishi va ta’mini yo’qotadi. Surxondaryo, Toshkent, Samarqand vilo- yatlarida ekiladi. O’zbekistonda barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.