KITOY MADANIYATI

KITOY MADANIYATI – neolit davriga oid Baykalbo’yi arxeologik madaniyati (miloddan avvalgi 3-ming yillikning oxiri — 2-ming yillik). Ilk bor Kitoy daryosi bo’yida qabrlar topilgani uchun shu nom bilan ataladi. Qabrlardan qizil oxra sepib ko’milgan odam suyaklari topilgan. Kitoy madaniyatida alohida boy qabrlarning paydo bo’lishi jamiyatda mulkiy tabaqalanish mavjud bo’lganini hamda patriarxal urug’chilik tuzumi shakllanayotganligidan dalolat beradi.