Ko’chmanchilik

Ko’chmanchilik-chorvachilikning maxsus shakli va bunday xo’jalik bilan hayot kechiruvchi qabilalarning turmush tarzi. Tabiiy sharoitga qarab Ko’chmanchilik turli shaklda amalga oshiriladi. Garchi yaylov chorvachiligi ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholining asosiy mashg’uloti hisoblansa-da, Ko’chmanchilik xo’jaligida qo’shimcha ozuqa beruvchi dehqonchilik va ovchilik ham ma’lum darajada o’rin tutgan. Ayrim qabilalarning yarmi ko’chib yursa, yarim o’troq yashagan. O’rta asr yozma manbalarida ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi aholi “saxronishin”-sahroyi, “dashtnishin”-dashtlik va “ko’hnishin”-tog’lik shakllaridagi atamalar bilan tilga olinadi.