Ko’shk

Ko’shk (forscha)-to’rt ustunligi, tomi kubbali, asosan, yog’ochdan qurilgan yengil inshoot; pavilion, kiosk. Kelib chiqishi jihatidan oddiy o’tovga borib taqaladi. O’rta asrlar Sharq me’morchiligida keng tarqalgan. Dastlab qadimgi ko’chmanchi xalqlarning ko’chib yurishiga qulay uch (ko’chik) sifatida paydo bo’lgan. Arava ustiga o’rnatilgan Ko’shklardan ham foydalanilgan. Keyinchalik Ko’shklar badavlat kishilar, hukmdorlar uchun bezakdor qilib bog’lar ichida qurilgan. Yevropaga ham Sharq orqali (“kiosk shaklida”) kirib kelgan.