Ko’ktarg’oqlar
Ko’ktarg’oqlar (Alcedinidae) – ko’kqarg’asimonlar turkumiga mansub qushlar oilasi. Tanasining uzunligi 10-45 santimetr, boshi katta, bo’yni kalta, tumshug’i uzun, yon tomondan siqilgan yoki asosi kengaygan. Oyoqlari juda kalta. 14 urug’i, 88 turi ma’lum. Yer yuzining qutbga yaqin hududlaridan tashqari hamma joylarda tarqalgan, ayniqsa, Osiyo va Afrikaning tropik qismida turlari xilma-xil. Ko’pchilik turlari ozig’ini (hasharotlar, kemiruvchilar va boshqalar) quruqlikdan, ayrim turlari suvdan (baliqlar, hasharotlarni) tutadi. Suvga daraxt shoxidan yoki qirg’oqdan sho’ng’iydi. Daraxt kovagi, termitlar uyasi va hayvonlar inlariga uya quradi; 2-7 tadan tuxum qo’yadi. O’zbekistonda moviy ko’ktarg’oq (Alcedo atthis) barcha daryo va ariqlar bo’yida uya quradi. Moviy Ko’ktarg’oqlarning o’z. o’rtacha 16,5 santimetr, orqa tomoni ko’k-yashil, yaltiroq, oyoqlari qizil. Jarliklardagi inlariga 6-7 ta tuxum qo’yadi. Ko’ktarg’oqlarning bir qismi o’z vatanida qishlab qoladi.