Komediya
Komediya (Yun. komodia — xushchaqchaq olomon) — hodisa, voqea va xususiyatlar kulgili ko’rsatilgan drama turi. K.da ijtimoiy hayotdagi nuqsonlar, kishilarning ongi va xarakteridagi yaramas xususiyatlar kulgi vositasi b-n tanqid etiladi, jamiyat hayotidagi eski- rib qolgan hodisalarga zarba beriladi. Hayotning rivojlanish qonuni oldida umri tugagan narsalar, sarqitlar kul- gili ahvolga tushib qoladi. Bo’larni qalamga olish orqali K. yara-tiladi. K. Yunonistonda Xudo Dionis shara- figa o’tkazilgan xalq bayramlarida pay – do bo’lgan. Yorqin siyosiy K.lar yaratgan Aristofan (mil. AV. 5-4-a.lar) K.ning «otasi» hisoblanadi. Kds. Rimda (mil. AV. 3-2-a.lar) Plavt va Terentsiy atokli K.chilar bo’lishgan. Uyg’onish davri evro- Pa adabiyotida V.Shekspir va B.Jonson (Angliya), Lope de Vega (Ispaniya) K.lari katta o’rin tutadi. 17-18-a.larda K.da realistik mayllarning kuchayishida J.B.Moler va P.Bomarshe (Frantsiya), K.Goldoni (Italiya), G.Lessing (Ger- maniya), R.Sheridan (Angliya) ijodi qo’l keldi. K.ning 19-20-a.lardagi rivoji B.Shou, B.Brext, Sh.O’Keysi, B.Nushich, J.Anut, N.Gogol va b. ijodi b-n bog’liq. O’zbek adabiyotida Evropa adabiyoti andozasidagi K.lar 20-a.da paydo bo’ldi. Bu janr taraqqiyotiga -Hamza («maysa- raning ishi»), Abdulla Qahhor («tobut- dan tovush»), Sayd Ahmad («Kelinlar qo’zg’oloni»), Erkin Voqidov («Oltin de- vor»), Hamid G’ulom («Toshbolta oshiq»), Bahrom Rahmonov («Surmaxon»), Sharof Boshbekov («temir xotin») va b. munosib hissa qo’shdilar. K.ning har xil turlari bor. Voqealar chalkashligi tufayli tomoshabinda kulgi tug’diradigan (V. Shekspirning «Xato- lar komediyasi»), qahramonlar kulgili holatlarga tushgan (Hamza, «Maysaraning ishi»), kishilar xarakteridagi bema’ni xususiyatlar kulgili qilib ko’rsatilgan (Moler, «Tartyuf»; A.Qaxlor, «Aya- jonlarim»; E.Vohidov, «Oltin devor») K.lar mavjud. Shuningdek, K.lar kulgi- ning tavsifiga ko’ra, satirik (voqelik, shaxslar satira qamchisi ostida g’azab- nafrat uyg’otadigan, zaharxandali qilib ifodalangan — N.Gogol, «Revizor», A.Qahhor, «Tobutdan tovush»), yumori- stik K. (voqelik, shaxslarning ayrim jihatlari beozor kulgi tug’diradigan K.— Gossi, «Malikai Turandot», Sayd Ahmad, «Kelinlar qo’zg’oloni», Hamid G’ulom, «Toshbolta oshiq») va Tragikome- diya (tragik va komik holatlar mujassam- lashgan — R.Muhammadjonov, «Suyun- chi» filmi) turlariga bo’linadi. 20-a. da K.ning tragikomediya (L.Pirandello, J.Anuy), tragifars (E.Ionesko) janr shakllari maydonga keldi. Ad.: Fe D N . B ., Iskusstvo komedii, ili Mir skvoz smex, M, 1978.