Kometalar
Kometalar (Yun. kometes — uzun sochli) — Quyosh sistemasiga kiradigan kichik osmon jismlari. K.ning Quyosh atrofidagi harakat yo’llari (orbitala- ri) kichik Sayyoralarnikiga qaraganda ancha cho’ziq bo’lgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina ko’rinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga o’xshab ko’rinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning ta’sirida «dum» chiqaradi (ba’zan bir necha «dum» chiqarishi qam mumkin). Odatda, K.ning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yo’nalgan bo’ladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi. Quyosh atrofida aylanish davrlari ular- ning orbitalari cho’zikligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ularning Quyoshga yaqinlashishi bir necha yildan ming va undan ham ortiq yilda to’g’ri kelishi mumkin. K.ning orbita tekisliklari fazoda ixtiyoriy ravishda joylashgan bo’lib, vaqt o’tishi b-n katta sayyoralar ta’sirida o’z vaziyatlarini o’zgartiradi. K. yaqinlashgan sari ularning orbita- dagi tezligi ortib (500 km/s gacha) bo- radi. Perigeliy nuqtasidan o’tgach, bu tezlik yana kamaya boradi. Shunday kat- ta tezlikka ega bo’lgan K.dan ba’zilari sayyoralar b-n to’qnashishi ham mumkin. Mac, oy sirtidagi kraterlarning ke- lib chiqishida K.ning ham «xizmati» bor. K. bosh va dum qismlarga ajratilib tekshiriladi. K. hali Quyoshdan uzoqda bo’lganda uning suv, og’ir elementlar, gaz-changlardan tashkil topgan mo’zlagan yadro qismigina kuzatiladi. K. b-n Quyosh orasidagi masofa 3-5 astronomik bir- likka (a. b.) tenglashganda Quyosh nurlari ta’sirida yadro o’zidan engil gaz va chang zarralarini chiqara boshlaydi. Bu zarra- lar yadro atrofida tuman qobiq — koma hosil qiladi. Ana shu yadro b-n qobiq birga K.ning «boshi»ni tashkil eta- Di. K. yadrolarining diametri, odatda, 0,5—20 km, massasi 10″-10» kg bo’ladi. K. b-n Quyosh orasidagi masofa keskin qisqarganda Quyosh nurlarining itarish kuchlari engil chang va b. elementlarni K.dan tashqariga chiqib ketishga majbur etadi va K.da dum hosil bo’ladi. Hamma K.da ham dum bo’lavermaydi. Dum bo’lish- bo’lmasligi K.ning Quyoshdan uzoq- yaqinligiga, massalariga, ob-havoning tiniqligi va b.ga bog’liq. K. chang boshi (diametri) bir necha ming km.dan 1-2 km.gacha, dumi esa ba’zan bir necha o’n million km.gacha cho’zilgan bo’lishi mum- kin. K. dumlarining ko’rinishiga qarab ularni 3 turga ajratish qabul qilingan: Quyoshdan qarama-qarshi tomonga to’g’ri yo’nalgan dumlar I turga; K.ning orbi- tal qarakatlari yo’nalishiga teskari tomonga ancha burilgan dumlar II turga; qisqa, deyarli to’g’ri va orbital harakat yo’nalishiga bir oz teskari burilgan dumlar III turga kiradi. I turdagi dum- lar plazmalardan tashkil topgan bo’lib, Quyosh shamoli ta’sirida sekundiga o’nlab va yuzlab km tezlikda K. yadrosini tark etadi. II va III turdagi dumlar chang va zarralardan tashkil topgan. K.lar spektrlarini tekshirish ularning yadro- larini juda mayda qattiq moddalar — temir, kaltsiy, nikel, natriy, magniy, kremniy, marganes va mo’zlagan turli gaz- lar (SN4, NH4, N2O, SO2) aralashmasi- dan iboratligini ko’rsatadi. K.larning kelib chiqishi haqidagi ko’plab naza- riyalar ichida hrzir qabul qilingan na- zariyaga muvofiq, ular Quyosh sistema- sidagi sayyoralarning hosil bo’lishi davrida gaz-chang qoldiqlaridan paydo bo’lgan. Hozirgacha mingdan ortiq K. qayd qilingan, ba’zilari bir necha martalab kuzatiladi (2002). Eng mashhur davriy K. — Galley ko- metasi (davri R=76 yil), Enke kometasi (R=3,3 yil), Shvassman — Vaxman kome- tasi (kometa orbitasi Yupiter va Saturn orbitalari orasida joylashgan). Gal- Ley kometasi 1986 y. perigeliy orqali o’tganda sobiq Ittifoq, g’arbiy Evropa va yapon kosmik apparatlari yordamida tadqiq qilingan. K. tabiatini yaxshiroq o’rganish uchun uni modellashtirishga doir lab. tajribalaridan foydalanila- Di. Geofizik raketalar va kosmik zond- lar yordamida bir necha yuzdan bir necha o’n ming km balandlikda ishqoriy metal- lar bug’idan sun’iy bulutlar — sun’iy K. hosil qilingan. Ular ochiq kosmosda K.ni modellash uchun negiz yaratdi. K.ning Quyoshga navbatdagi yaqinlashishida bi- Ron bir davriy kometaga kosmik zond chiqarib, uning tarkibi, magnit may- donlari va b. fizik xususiyatlari to’g’risidagi bevosita ma’lumotlar olish rejalashtirilgan. Abdusalom Latipov.