Ko’nka, Konka

Ko’nka, Konka (ruscha kon-ot)-Toshkentda XX asr boshida paydo bo’lgan shahar transport turi; vagonni otlar tor iz bo’ylab harakatlantirgani tufayli shu nomini olgan (loyiha muallifi E.Deni, 1882 yil). Ko’nka qurilish ishlari 1896 yili Belgiyaning “Toshkent tramvayi” anonym jamiyati tomonidan boshlangan. 1901 yili Ko’nkaning 1-yo’li ishga tushirilgan; u temir yo’l vokzalini Eski shahar bozori bilan bog’lagan. Keyinchalik yo’llar soni ortgan. 1913 yilga kelib Ko’nka yo’llarining umumiy uzunligi 9.5 kilometr, vagonlar soni 30 ta, otlar soni 230 taga yetgan. Shaharda tramvay qatnay boshlagach (1913). Ko’nkaga hojat qolmagan.