Ko’pchur yosog’i

Ko’pchur yosog’i (mo’g’ulcha)-ko’chmanchi o’zbeklar davlatida mavjud bo’lgan asosiy soliq turlaridan biri, har bir chorvaga solinadigan soliq bo’lgan. Tarixiy manbalardagi ma’lumotlarga qaraganda, bu soliq Munke (1251-1260) davridan beri mavjud bo’lib, chorvaning yuzdan birini tashkil etgan. Keyinchalik pul jarimasi bilan almashtirilgan va ko’chmanchilardan ham, o’troq aholidan ham har yuz bosh moldan yetmish oltin tanga olingan.