«Konsert» kalimasi nimalarni anglatadi?
Bir tasavvur qiling-chi: siz radioni qo’shdingiz va tinglayapsiz: — «radio tinglovchilarning talablariga binoan konsert eshittiramiz. Raxmaninov. Orkestr jo’rligidagi fortepyano uchun ikkinchi kontsert». Siz, shu narsa muqarrarki, «konsert» kalimasi ikki marotaba, lekin har xil ma’noda aytilganini paytsadingiz. Xo’sh, har bir holatda u qaysi ma’noda kelayapti? Oxiridan boshlay qolaylik. Lotincha «koncherto» «bahslashayotirman» qabilida tarjima etiladi. Ijrosida xonanda va orkestr ishtirok etadigan asarni musiqada konsert deb ataydigan bo’ldilar. Ular go’yo bir-biri bilan musobaqalashadi: yakkanavoz musiqa asbobining partiyasi orkestr yangrashiga qarama-qarshi qo’yilgandek. Istalgan konsertning zamirida taqqoslash va bahslashish tamoyili yotadi. Odatda buningdek asarlar uch sho’badan tarkib topadi. Aksariyat konsertlar fortepyano, violonchel uchun bastalangan. Ammo mug’anniylar boshqa musiqa asboblari: bayan, do’mbira, puflama asboblarini ham bebahra qoldirishmagan. Hatto orkestrli yakkaxon ovoz uchun ham konsert mavjud. Uning muallifi — bizning yurtdoshimiz Gliyer. Ba’zi paytlarda kompozitorlar bitta solist uchun emas, balki ikki yo uch nafari uchun musiqa bastalashadi. Shunda buningdek konsertlar ikki kishilik, uch kishilik deb ataladi. «Konsert» so’zining boshqa ma’nosi esa — bu, musiqa asarlarining (dramatik asarlardan parchalar, she’rlar va nasriy asarlar o’qish, xoreografik chiqish va hokazolar quramalashgan holda bo’lishi mumkin) xalq huzurida ijro etilishi. Qisqasi, konsert deb bekorga aytishmagan. Bundan tashqari, radio va televideniye orqali musiqa asarlari ijro etilishi ham, eshittirishlar ko’pincha tomoshabinlar bo’lmagan studiyalardan olib borilishiga qaramay, xuddi shunday ataladi. Simfonik, xor, estrada, xoreografiya konsertlari ham mavjud.