KONSTITUTSIONALIZM

KONSTITUTSIONALIZM — konstitutsiyaning hayoti, uning siyosiy tizimda gavdalanishidir. Konstitutsionalizm konstitutsiyaga tayanadigan davlat bo’lib, u hukmronlikning konstitutsiyaviy usullaridir. Umumiy tarzda konstitutsiyaviy davlat demakdir. Konstitutsionalizm milliy totuvlikka, huquqiy formalizmga va institutsional demokratiyaga tayanadi. Keng ma‘noda iqtisodiy va siyosiy tizim xususidagi umummilliy kelishuvdir.