KO’POROSLAR

KO’POROSLAR (Frans. couperose) — ba’zi metallar sulfat kristallo- gid-. ratlarining texnikadagi nomi. To’tiyo (mis kuporosi) CuSO45H2O, te- Mir kuporosi FeSO4\7H2O, pyx kupo- rosi ZnSO4-7H2O va b. ma’lum. Mis ko’porosi (to’tiyo) CuSO4\5H2O — ko’k kristallar. Zichligi 2,284 g/sm3 , 250° da tamom suvsizlanadi. Metallarni mis b-n qoplashda, ba’zi mineral bo’yoklar tayyorlashda, shuningdek, misning boshqa birikmalarini olishda xom ashyo sifati- da ishlatiladi. M.k.ning suyultirilgan eritmasidan o’simliklarga purkashda, donlarni ekish oldidan dorilashda foy- dalaniladi. Temir kuporosi FeSO4- 7H2O — och yashil kristall modda. Suyu- klanish t-rasi 64°, zichligi 1,899 g/sm3. Yog’ochni chirishdan saqlash maqsadida shimdiriladi, siyoh, Berlin zangorisi tayyorlashda, yoritkich gazni vodorod sul- fiddan va tarkibida tsian guruhi bo’lgan birikmalardan tozalashda, bo’yoqchilikda xurush sifatida, q.x. zararkuvandalari- ga qarshi kurashda va fotografiyada ish- latiladi. Rux kuporosi ZnSO4-7H2O — rang-siz kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 39°, zichligi 1,966 g/sm3. Tibbiyot- da, bo’yoqlar tayyorlashda va chitlarga gul bosishda ishlatiladi.