Ko’prin Aleksandr Ivanovich

Ko’prin Aleksandr Ivanovich [1870.26.8(7.9), Varovchat sh. — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambag’allar hayotini, ki- shilarning og’ir turmush tarzini Rea- listik tasvirlagan («ofat» qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi «yakkama-yak- ka olishuv» (1905), «o’ra» (1909-15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalan- gan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari «Olesya» (1898), «Gambrinus» (1907), «yoqut ko’zli bilago’zuk» (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassam- lashgan. «Listrigonlar» ocherklar tur- ku mi (1907— 11) bor. 1919-37 y.larda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, «Yunkerdar» (1928-32), «Janeta» (1932- 33) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning ko’pchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning ko’pgiva asarlari bo’yicha stsenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, o’zbek tiliga ham tarjima qilingan.