Kornet

Kornet (fransuzcha cornette, italyancha como-shox jangovar karnay)-bir qator mamlakatlar qo’shinida, ko’proq otliq qo’shinda kichik zobitlik unvoni (amali). Nomi sarkarda buyrug’i bilan muhoraba vaqtida jangchilarga signal beruvchi karnaychi lavozimidan kelib chiqqan. Rossiyada 1731 yili podshoh Anna Ioannova tomonidan joriy qilingan va 1917 yilgacha mavjud bo’lgan.