Koshin

Koshin (forscha), Parchin, Kafel-binolar, kaminlar va pechlar sirtiga qoplash uchun maxsus pishirilgan sirkor yupqa sopol plita yoki chinni taxtacha. Me’moriy bezak sifatida keng qo’llanilgan, binolarni tashqi ta’sir (yog’in-sochin)lardan ham saqlagan. Dastlab Qadimgi Sharq (Misr, Ossuriya va boshqalar)da, asosan, binolarni bezashda, IX asrdan Yevropa (Germaniya, Shveytsariya, keyinroq Rossiya)da pechka va kaminlarni bezashda ham ishlatilgan. O’rta Osiyoda XII asr oxiri-XIII asr boshlarida paydo bo’lgan.