Kosmik huquq
Kosmik huquq – kosmik fazoni o’rganish va foydalanish bo’yicha kosmik faoliyatni amalga oshirish munosaba- ti b-n xalqaro huquq sub’ektlari (eng avvalo, davlatlar) o’rtasidagi munosa- batlarni tartibga soluvchi va kosmik fazoning xalqaro-huquqiy rejimini belgilovchi me’yorlar yig’indisi. K.h. sohasidagi asosiy hujjat — kosmik fazoni, jumladan, oy va b. osmon jism- larini tadqiq qilish hamda ulardan foydalanish yuzasidan davlatlarning faoliyat printsiplari to’g’risidagi shar- tnomadir (1967). Kosmik fazo va osmon jismlarini erkin tadqiq etishni, oy va b. osmon jismlaridan tinch maqsadlarda foydalanishni, yadro quroli va ommaviy qirg’in qurollarining boshqa turlari bo’lgan har qanday ob’ektlar kosmosda joylashtirilishini man qilishni na- zarda tutadi.