Kosmik chang

Kosmik chang — sayyoralararo va yulduzlararo fazodagi juda mayda qattik, zarralar. Mas, sayyoralararo FA- zodagi bir dona K. ch. massasi ~ 10 3-10 5 bo’lib, Quyosh sistemasidagi changlar miqdori 1019-1020 g ni tashkil eta- Di. Bu changlar ekliptika tekisligiga nisbatan kontsentrasiyaga ega. Ularning miqdoriy zichligi Quyoshdan uzoqlashgan sari 1-3 qonun bo’yicha kamayib borib, 3 astronomik birlikdan boshlab kuza- tilmaydi. Sayyoralararo muhitdagi K.ch. manbai kometalarning sekin-asta par- chalanishi, shuningdek, kichik sayyoralar va meteor jismlarning bo’linishi nati- jasidir. Ularning o’lchami yulduzlararo muhitdagi chang o’lchamidan ancha katta. Yulduzlararo muhitdagi K. ch., asosan, sovuq yulduzlar atmosferasining yuqori qismida vujudga kelib, yulduz shamo- li ta’sirida fazoga tarqaladi. Undan tashqari, yangi va o’ta yangi yulduzlar port- lashi vaqtida ham ma’lum changlar hosil bo’ladi. Bunday changlar tarkibi ular qaysi gaz moddasida kondensasiyalanib vujudga kelgani b-n bog’liq. Mac, «ugle- rod sinfidagi yulduzlar» atmosferasi- da ko’proq grafit va kremniydan tarkib topgan chang, «kislorod sinfidagi yul- duzlar» atmosferasida esa silikatlar- dan iborat changlar vujudga keladi. K. ch. yulduzlar va b. osmon yoritkichlari socha- digan yorug’likni susaytiradi.