KOSTARIKANLAR

KOSTARIKANLAR – xalq, Kosta-Rikaning asosiy aholisi. Umumiy soni 3 million kishidan ortiq (1990-yillar o’rtalari), shundan 2,9 million kishi Kosta-Rikada. AQSh (25 ming kishi) da, Markaziy Amerika mamlakatlarida ham yashaydi. Kostarikanlarning aholisi, xususan, Ispaniyadan kelganlarning avlodi hamda bir qismi — metislar, negrlar va mulatlardan iborat. K. ispan tilining Kostarika lahjasida so’zlashadi. Dindorlari — katoliklar va protestantlar. Kostarikanlar, asosan, dehqonchilikda band bo’lib, kofe, banan, kakao, shakarqamish o’stirish va fermerlik bilan shug’ullanadi.