Ko’zga oq tushishi

Ko’zga oq tushishi, leykoma-ko’z muguz (shox) pardasining xiralashuvi; odatda, parda shikastlanganda yoki unda yallig’lanish, yaralanish jarayoni paydo bo’lganda kuzatiladi. Ba’zan tug’ma bo’lishi ham mumkin. Xiralashuvning jadalligiga ko’ra, Ko’zga oq tushishining bir necha xili ajratiladi: bilinar-bilinmas xiralashuv, «dog'» ko’rinishida va, nihoyat butunlay oq tushib qolishi. Mugo’z parda markazi qorachiq ro’parasida xiralashgan bo’lsa, ko’rish quvvati pasayib, bora-bora ko’z ko’r bo’lib qolishi mumkin. Ko’zga oq tushib mugo’z parda teshilgan bo’lsa, oq chuqurroqdagi to’qimalarga, ko’pincha rangdor pardaga o’tib ketadi, bu ko’z ichi bosimining oshishi (ikkilamchi glaukoma)ga sabab bo’ladi. Davosi: keratoplastika — jarrohlik usuli qo’llanadi.